5 oyda Toshkentda qaysi turdagi jinoyatlar oshgani ochiqlandi. Ro‘yxatda qotillik ham bor
Jamiyat
−
08 iyul 2020
15386Joriy yilning yanvar – may oylarida poytaxt Toshkentdagi 514 ta mahalladan 44 foizida jinoyatlar kamaygan, 43 foizida umuman jinoyat sodir etilmagan. Bu haqda 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan navbatdan tashqari hay’at yig‘ilishida so‘z borgan. Unda Toshkent shahar prokuraturasi organlarining poytaxtda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqilib,
Yig‘ilishda qayd etilishicha, poytaxtda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 6 foizga, nomusga tegish 54, talonchilik 55, guruhlar jinoyati 23, ayollar jinoyati esa 32 foizga kamayishiga erishilgan.
Shu bilan birga, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini tashkil etishda kamchilik va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Hay’at majlisida shaharda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish, jinoyatlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar, bu sohada prokuror nazoratini ta’minlashdagi sustkashliklar hududlar kesimida, aniq raqam va misollar asosida tanqidiy muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, poytaxt hududida o‘tgan davrda qotillik 10 foizga, o‘g‘irlik 38, bezorilik 54, bosqinchilik 170, voyaga yetmaganlar jinoyati 53, o‘quvchilar jinoyati 63 foizga oshgan.
Hay’at yig‘ilishida Toshkent shahar va tuman prokuraturasi rahbarlari va sohaga mas’ul xodimlarining yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha hisobotlari eshitilgan.
Xizmat vazifalarini yetarli bajarmagan xodimlarga qat’iy choralar ko‘rilgan.
Yig‘ilishda barcha darajadagi prokurorlardan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni keskin kuchaytirish, ayniqsa, inson huquqlarini buzilishini oldini olishga alohida e’tibor qaratish talab etilgan.
Toshkent birinchi
Joriy yilning yanvar – may oylari mobaynida Toshkent shaharida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilgan bo‘lib, respublikada bu ko‘rsatgich salbiy 1-o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, mahallalar hududida 1 245 ta sodir etilgan jinoyatlarning jami jinoyatga nisbatan salmog‘i 43 foizni tashkil etib, shu turdagi jinoyatlar ham respublikada salbiy 1-o‘rinni qayd etgan.
Jami qotillik jinoyatlarining 9 tasi yoshlar, 4 tasi xotin-qizlar, 3 tasi ilgari sudlanganlar, 8 tasi mast holda hamda 14 tasi o‘tkir tig‘li jismdan foydalanib sodir etilgan.
Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har yettinchisi o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr