5,5 milliard so‘mlik noqonuniy pirotexnika vositalari olib qo‘yildi
Jamiyat
−
16 dekabr 2022
4348O‘zbekistonda 2022 yilda 5,5 milliard so‘mlik pirotexnika vositalari noqununiy muomaladan olib qo‘yilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga doir 123 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Natijada, qiymati salkam 5,5 miliard so‘mlik 7 million 435 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan. Ushbu pirotexnika buyumlarining miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga oshgan.
Jumladan, Farg‘onada 2 million 137 ming dona, Toshkent shahrida 1 million 514 ming dona, Qashqadaryoda 920 ming dona, Sirdaryoda 825,9 ming dona, Surxondaryoda 791,3 ming dona, Andijonda 519 ming dona pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan
Bugun, 16 dekabr holatiga ko‘ra, aniqlangan bojxona qonunbuzilishlarining 24 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, bojxona organlarining surishtiruvchilari tomonidan 30 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi