49 kun: ochlik e’lon qilgan Saakashvili hushini yo‘qotdi 

Olam

image

Gruziya qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan sobiq Prezident Mixail Saakashvili advokatlar bilan uchrashganda yiqilib, hushidan ketdi. Bu haqda uning himoyachilaridan biri Beka Basilaya ma’lum qildi.  

Basilayaning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili advokatlar bilan uchrashish uchun binodan chiqib ketayotganda qoqilib, yiqilib tushgan. 

“Yiqilganidan keyin u ko‘zini ochmadi va hech narsaga munosabat bildirmadi”, deydi Basilaya. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvilini zambilda olib ketishgan. 

Saakashvilini tekshirish uchun taklif qilingan reanimatolog Guliko Kiliftariga ko‘ra, sobiq Prezident qamoqxona shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida qolmoqda. Uning ahvoli barqarorlashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Saakashvili joriy yilning 1 oktyabr kuni ochlik e’lon qilgan edi. Shu kuni u sakkiz yil ichida mamlakatga qilgan birinchi tashrifidan so‘ng Gruziyada chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblanib, hibsga olingan. 8 noyabrdan beri Saakashvili qamoqxona shifoxonasida. 

Avvalroq, Gruziya Jazoni ijro etish xizmati mamlakatning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvilining qamoqxonada ochlik e’lon qilgani va Rustavi koloniyasidan qamoqxona shifoxonasiga majburan o‘tkazilgani aks etgan yangi kadrlarni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saakashvili

Baholaganlar

271

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing