480 minglik uzuk va ikkinchi turmush: Riyod Maxrez britaniyalik modelga uylandi (foto)
Sport
−
07 yanvar 2022
11805“Manchester Siti” hujumchisi Riyod Maxrez 23 yoshli britaniyalik model Teylor Uord bilan turmush qurdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha marosim an’anaviy musulmon odatlariga ko‘ra o‘tkazilgan. Manbaning qayd etishicha, juftlik nikoh qonuniy, deb topilishi uchun Buyuk Britaniyada to‘y o‘tkazish niyatida.
“Riyod va Teylor islom dini qoidalariga muvofiq nikohlandi. Ular uchun diniy an’analarga rioya qilish muhim edi. Marosim qisqa bo‘ldi. Endi ular to‘yga yo‘l olishadi, bu ham asosiy voqea bo‘ladi. Teylor va Riyod baxtli va bir-birlarini juda yaxshi ko‘rishadi”, deya ta’kidlagan marosim mehmonlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, juftlik 2021 yil iyun oyida turmush qurayotganini e’lon qilgan edi. O‘shanda Maxrez o‘z sevgilisiga 480 ming yevrolik brilliant uzuk sovg‘a qilgan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Maxrez Teylor Uord sabab 2020 yil fevral oyida ikki farzandi va ayolini tashlab ketgan edi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr