467 kishida koronavirus aniqlandi, 2 kishi vafot etdi. Qaysi hududda kasallanish ko‘p?
Jamiyat
−
04 iyul 2021
13668Kecha, 3 iyul kuni O‘zbekistonda 467 kishida kasallik aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 3 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 467 kishiga ortib, 112 597 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 33 nafari Andijon viloyatida,
- 31 nafari Buxoro viloyatida,
- 46 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 41 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 30 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 44 nafari Toshkent viloyatida,
- 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
- Andijon viloyatida 68 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
- Navoiy viloyatida 20 nafar,
- Namangan viloyatida 38 nafar,
- Samarqand viloyatida 60 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
- Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108 764 (+360) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 747 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi