Ijtimoiy yordam oluvchilar soni 1 apreldan oshiriladi
Jamiyat
−
20 mart 2020
8729Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020 yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshiriladi;
• tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinadi;
• o‘z faoliyatini to‘xtatgan davlat ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab beriladi;
• aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etiladi.
Farmon bilan quyidagich atartib joriy qilinadi:
• bog‘chalar va maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;
• karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr