40 dan ortiq davlat Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatadi – Blinken
Olam
−
16 iyun 2022
5562AQSHdan tashqari 40 dan ortiq davlat Ukrainaga mudofaa sohasida bevosita yordam beradi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bayonotida aytiladi.
“AQSH, shuningdek, 40 dan ortiq ittifoqchi va hamkorlarning xavfsizlik sohasida yordami Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda”, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Davlat departamenti rahbari ta’kidlaganidek, bu Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonishini ta’minlash, shuningdek, muzokaralar stolidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Rossiya kuchlari Kiyev uchun jangda mag‘lub bo‘ldi va Ukraina sharqi va janubida sekin va keskin hujumni davom ettirmoqda.
Blinken, shuningdek, AQSH va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘yganini, NATO sharqiy qanotda jilovlash va mudofaani kuchaytirganini, o‘z hududi va erkinligini dadil himoya qilayotgan Ukrainaga tarixiy darajada harbiy va boshqa yordam ko‘rsatganini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 1 milliard dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratishga qaror qilgandi. Bu qo‘shimcha artilleriya qismlari va qirg‘oqni himoya qilish vositalari, shuningdek, ukrainaliklarning Donbassdagi mudofaa operatsiyalarida zarur bo‘lgan artilleriya hamda ilg‘or raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
Biroq, kecha, 15 iyun kuni AQSHning NATOdagi elchisi Juliann Smit Vashingtondagi yangi Amerika xavfsizligi bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida bir qator davlatlarning Ukrainaga berishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘ zaxirasi tugab borayotgani, endi ba’zi davlatlar moliyaviy yordam berish yo‘lini tanlayotganini aytdi.
LiveBarchasi