Tatyana Karimovaning jiyaniga tegishli mulk auksionga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezideni Islom Karimovning qayinsinglisi Tamara Akbarovaning o‘g‘li Akbar Abdullayevning sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk ob’ekti bog‘i ochiq auksionga qo‘yildi.

Umumiy maydoni 4,5 gektar bo‘lgan noturar ob’ektning boshlang‘ich bahosi 8 237 126 532.00 so‘mni tashkil etadi.

Akbar Abdullayev bir necha yillar davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan yirik sanoat inshootlarini nazorat qilib kelgani ma’lum. Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash va Quvasoy sement zavodlari ham bo‘lgan.

O‘zbekistonda Gulnora Karimovaga ochilgan jinoyat ishidan keyin 2013 yilning oktyabr oyida uning jiyani Akbar Abdullayevga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Akbar Abdullayevga 164 “Davlat mulkini talon-taroj qilish” hamda 184 “Soliqlardan bosh tortish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan edi. Mazkur jinoyat ishiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi, poraxo‘rlik aybi ham ilova kiritilgan. 

Abdullayevga qarshi jinoyat ishi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi tekshiruvlardan boshlangan.

2012 yil yozida zavodning deyarli butun rahbariyati hibsga olingan.

Ularning ko‘rsatmalari asosida Akbar Abdullayev ham hibsga olinib, keyinroq qo‘yib yuborilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Akbar Abdullaev

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing