4 yashar qizchani zo‘rlagan erkak ruhiy kasal ekani aniqlandi
3-sahifa
−
03 Oktabr
15444
Avvalroq, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zo‘rlangani xabar qilingandi. Endilikda ayblanuvchi erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi va u 2021 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Bolalar ombudsmani holatni o‘z nazoratiga olganini bildirdi.
Joriy yilning 2 oktyabr kuni Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro shahar IIBga murojaat qilib, unda voyaga yetmagan 2020 yilda tug‘ilgan I.M. (qiz)ga nisbatan noma’lum shaxs g‘ayritabiiy usulda zo‘rlik ishlatgani haqida ma’lum qilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilinib, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro B.D. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.