4 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 oktyabr sanasidan “91, 95, 97, 199-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga va 183-sonli avtobus yo‘nalishining ish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra:

91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko‘kcha masjidi bekati” avtobus yo‘nalishining harakati, Ko‘kcha masjidi bekatidan harakatlanib Ko‘kcha Darvoza va Beshqayrag‘och ko‘chalari kesishuvchi chorrahadan orqaga qayrilib, keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘ylab davom ettiradi;

95-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha – Aviasozlar” avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Aviasozlar, Beshariq, Parkent, T.Malik, Parkent, KXAY va Katta Darxon hamda Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali harakatlanib, keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha va qaytish yo‘nalishida o‘z yo‘nalishi bo‘ylab davom ettiradi;

97-sonli “7-shahar shifoxonasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati, G‘ayratiy, A.Donish va A.Temur ko‘chalari orqali harakatlanib, keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘ylab davom ettiradi;

199-sonli “Ekskavator zavodi bekati – Oq Qovoq mahallasi (Chirchiq shahri)” avtobus yo‘nalishining harakati Oq Qovoq mahallasi (Chirchiq shahri)dan Jismoniy tarbiya institutiga qisqartiriladi;

183-sonli “Binokor qo‘rg‘oni – Qo‘yliq dehqon bozori” avtobus yo‘nalishining ish tartibi 6:00dan 21:00gacha etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing