4 oktyabr kuni Chilonzor va Uchtepaning qator hududlarida issiq suv bo‘lmaydi (ro‘yxat)
Jamiyat
−
03 Oktyabr 2019 8134 1 daqiqa
Ertaga, 4 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ba’zi hududlar issiq suv ta’minotidan uziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” Davlat unitar korxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumanining Shirin, Lutfiy, Shayxzoda ko‘chalarida joylashgan issiqlik tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib boriladi.
Shu sababdan quyidagi hududlarda 4 oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha issiqlik ta’minoti to‘xtatiladi: Chilonzor tumanining 11, 12, 13, 14, 15, 21, 22, 23, 24, 25, 26- kvartallari va Uchtepa tumanining G-9 massivida issiq suv bo‘lmaydi.
“Toshissiqquvvati” DUK vaqtinchalik yuzaga keladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr