4,1 million dollarni yeb yuborgan vazir va uning o‘rinbosariga kulgili jazo tayinlandi

3-sahifa

image

Qozog‘iston poytaxtining Sariyarkin tuman sudi bugun, 28 oktyabr kuni respublika sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovni mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud jarayoni jonli efirda namoyish etildi. 

2021 yil iyun oyida Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi Birtanov va Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oljas Abishevga nisbatan sudgacha bo‘lgan tergov ishlari yakunlanganini e’lon qildi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligining ishlamaydigan axborotlashtirish platformasini qabul qilib, foydalanishga topshirish orqali o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinganlar.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sifatsiz bajarilgan ishlar qiymati 4,1 million dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, Birtanov 2020 yil iyun oyida tez tibbiy yordam samolyotidan shaxsiy maqsadlarida foydalanib, mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumon qilingan. 

“Birtanov va Abishev jinoiy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilib, Birtanovga besh yil muddatga ozodlikni cheklash, Abishevga esa davlat xizmatida lavozimlarni egallash huquqidan umrbod mahrum qilib, sinov nazorati o‘rnatilib, to‘rt yil muddatga ozodlikni cheklash tarzida jazo tayinlandi”, deydi sudya Ibrohim Alkenov.

Shu bilan birga, mahkumlar doimiy yashash joyini va ish joyini ogohlantirmasdan o‘zgartirmasliklari shart. Samolyotdan foydalanish haqidagi ikkinchi epizodga ko‘ra, 51 yoshli Birtanov aybsiz deb topilgan. 

Yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berar ekan, sobiq boshqarma boshlig‘i tez tibbiy yordam samolyotidan foydalanish haqidagi qarordan qisman qoniqqani aytgan. 

“Albatta, platformadagi epizod meni qoniqtirmayapti. Men o‘zimni aybsiz deb bilaman. Men o‘z fikrimda qolaman. Qonunga ko‘ra, men va advokatlarim ushbu qaror ustidan shikoyat qilishga haqlimiz, biz bundan albatta foydalanamiz. Biz kurashni davom ettiramiz va o‘z ishimizni isbotlaymiz”, deydi u. 

2020 yilning 25 iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqan Birtanov o‘rniga Aleksey Soyni Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinladi. Birtanov esa bu lavozimda 2017 yil yanvardan 2020 yilgacha ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

2086

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing