37 yil tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi (video)
Jamiyat
−
22 mart 2023
17601Qashqadaryoda mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan 37 yil tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshira taqdirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “O‘zbekiston” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi Xolbeka Normuradovna Boboqulova Prezident farmoniga ko‘ra II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh tizim fidoiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi