35,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan – BP Termiz sobiq hokimi nega qamoqqa olinganini ochiqladi

3-sahifa

image

Avvalroq Termiz shahrining sobiq hokimi qamoqqa olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur ish yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, BP tomonidan Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bugungi kun holatiga Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu sababli, joriy yil 24 sentyabr kuni Termiz shahar sobiq hokimi, keyinchalik uning 2 nafar o‘rinbosari va jinoyatga aloqador boshqa 8 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

392

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing