32 yashar xorazmlik erkak 2 oylik qizini Toshkentdagi bozor rastasiga tashlab ketdi
3-sahifa
−
30 Sentabr 2020
20155Xorazmlik 32 yoshar erkak ikki oylik qizchasini Toshkentdagi bozor rastasida qoldirib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 32 yoshli Radju D. mast holatda “Chilonzor” bozoridagi savdo kompleksda ikki oylik qizini savdogarlarning rastasiga qo‘yib, o‘zi noma’lum yo‘nalishda ketib qolgan. Bozor hududida navbatchilik qilgan xodimlar go‘dakni 9-son IIBga yetkazishgach, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant N.Qahramonova holatni o‘rganish uchun bozorga borib, mazkur holat guvohlari bilan suhbatlashgan.
Tez orada chaqaloqning otasi topilib, ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning bahor oyida u turmush o‘rtog‘i Nargiza M. bilan birgalikda Toshkentga ish izlab kelgan. Ular uy izlash muammosiga yo‘liqqanlarida, oralarida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Navbatdagi kelishmovchilikdan so‘ng Nargiza M. eriga bolasini qoldirib, o‘zi noma’lum tomonga ketib qolgan. Hozirgi vaqtda Radju turmush o‘rtog‘ining qayerda ekanini va u bilan qanday bog‘lanish mumkinligini bilmaydi.
Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari aniqlashlaricha, pasport stoli ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning onasi Surxandaryo viloyatda tug‘ilgan. Uni topish uchun, xodimlar Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi podpolkovnik I.Polvonovdan ko‘mak so‘rashgan. Tez orada bolaning onasi Toshkent viloyatidagi tanishlarining uyida topilib, 9-son ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Bolasini nima uchun tashlab ketganligi haqidagi savollarga ayol turmush o‘rtog‘i bilan orasidagi muammolar, hamda turar joy yo‘qligi sababli bu ishni qilganini ma’lum qilgan. Shuningdek u Surxandaryo viloyatiga qaytib ketishda yordam so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, mazkur masalada ayolga yordam ko‘rsatilgan. Jarqo‘rg‘on tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inpsektori bilan hamkorlikda bola onasi bilan uyiga jo‘natilgan.
LiveBarchasi