300 mln so‘mlik psixotrop dori vositalarining aylanmasiga chek qo‘yildi
Jamiyat
−
28 noyabr 2019
4218Farg‘onada bir fuqaro chegara hududidan yo‘lovchi taksi orqali berib yuborilgan 2 dona qutiga solingan dori vositalarini kutib turgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqad Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qutilarda umumiy qiymati 300 million so‘mlik 28 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi “yama” aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi