300 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan “Afrosiyob” poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi
3-sahifa
−
02 yanvar 2023
10557Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Chinoz tumani hududida 2 soat to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea kecha, 1 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Buxoro bekatidan jo‘nagan 769-sonli “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sababli “Yangi Chinoz-Chinoz” peregon oralig‘ida to‘xtab qolgan.
Yo‘lovchilarni manzilga yetkazib kelish maqsadida soat 20:35 da Toshkent Shimoliy vokzalidan zahira “Afrosiyob” elektropoyezdi jo‘natilgan. Ushbu poyezd Chinoz bekatiga soat 21:05 da yetib borgan va 269 nafar yo‘lovchi zaxira poyezdiga o‘tkazilgan. Poyezd Toshkent Markaziy vokzaliga soat 22:05 da yetib kelgan.
“269 nafar yo‘lovchiga chipta narxi to‘liq qaytarib beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi