30 yoshli yigit o‘zini Galata minorasidan tashlab, o‘ldi
Olam
−
12 Oktabr 2022
16642Turkiyaning asosiy megapolislaridan biri Istanbulda joylashgan tarixiy Galata minorasida dahshatli voqea yuz berdi. 30 yoshlar atrofidagi shaxs o‘zini ushbu minoraning yuqori qavatidan pastga tashlab, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Voqea bugun, 12 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida sodir bo‘lgan. Yoshi chamasi 30 yoshlardagi yigit minoraning yuqori qavatiga chiqqan va terassa to‘siqlarini oshib o‘tib, o‘zini pastga tashlagan.
“Voqea joyiga soniyalar ichida yuzlab odamlar to‘plandi. Odamlar politsiyaga xabar berdi. Tez yordam yetib keldi. Shikoforlar yigitning joni uzilganini qayd etdi”, deb yozmoqda turk nashrlari.
Yigitning yonidan pasporti topilgan, ammo uning boshqa mamlakat fuqarosi ekani aytilmoqda. Hozirgacha uning shaxsi haqida ma’lumotlar aniq emas.
Galata minorasi Istanbulning Yevropa qismida, Galata tumanidagi baland tepalikda joylashgan. Uni shaharning markaziy qismining deyarli barcha nuqtalaridan ko‘rish mumkin. Minoraning balandligi 67 metr, diametri 9 metr, dengiz sathidan 140 metr balandlikda joylashgan.
LiveBarchasi