30 yoshdan keyin nimalar yeyish mumkin emas? 

Salomatlik

image

“Eat This, Not That” portali 30 yoshdan keyin iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi. Maqola muallifi birinchi o‘rinda tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan xushbo‘y yogurtni iste’mol qilishni to‘xtatishni maslahat bergan

Bu qoida pishiriqlar, kekslar va nonushtada non yemaslikni ham o‘z ichiga olgan.  

“Gazli ichimliklar saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan ranglarni o‘z ichiga oladi va ratsiondagi asosiy shakar manbai hisoblanadi”, deyilgan maqolada. 

Maqolada, shuningdek quyidagi mahsulotlarni 30 yoshdan keyin iste’mol qilish taqiqlangan: qizarib pishirilgan go‘sht, soya va pishloqli souslar, xot-dog, chips, margarin, rogalik va oq non, tarkibida pestitsid bo‘lgan mahsulotlar, muzli qahva va kofeinli muzqaymoq, vegetarian burgerlari, konservalangan mevalar. 

Bundan tashqari, muallif kokteyl va pivodan voz kechishga chaqirgan, chunki spirtli ichimlik uyqusizlikka olib kelishi mumkin, bu esa ertasi kuni ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni keltirib chiqaradi. 

Xulosa qilinishicha, bu mahsulotlardan voz kechish odamga “chiroyli” qarish va yaxshi holatda bo‘lish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

761

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing