30 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2023
11163Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 30 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.
Toshkent viloyati
Abror Hamdamov Anvarovich Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Rustamov Ravshan Rustam o‘g‘li Bekobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Furqatjon Mamatqulov Mamajonovich Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yoqubjon Ortiqboyev Sultonbekovich Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ortiqboy Hamdamov Atqamboyevich Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jasur Sayfiyev Ravshanovich O‘rta Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Piskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Dilshod Yusupov Eshtemirovich Piskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Piskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sanjar Abduvaliyev Islom o‘g‘li Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Olimjon Saidov Malikovich Yangiyo‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ixtiyor Aliyev To‘xtamurodovich Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Saidazim Yusufxo‘jayev Saidolimovich Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Andijon viloyati
Azizbek Qodirov Tojimuhammadovich Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bakirjon Ummatqulov Tojiboyevich Ulug‘nor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1981 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Oltinko‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Buxoro viloyati
Akbarjon Ergashov Hakimovich Olot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1971 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Dilshod Muxtorov Murodovich G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Erkin Erkaboyev Normurodovich Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bekzod Nurmurodov Mamayevich Paxtakor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Zafarobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Namangan viloyati
Jahongir Anvarov Rahbaraliyevich Mingbuloq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1991 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Namangan viloyati soliq boshqarmasi Resurs soliqlari ma’muriyatchiligi sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo viloyati
Farhod Xudoyorov Xolboy o‘g‘li Muzrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Komiljon Rahmonov Qurbonovich Termiz tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Farg‘ona viloyati
Baxtiyor Toshaliyev Ergashevich Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Quva tumani soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xurshid Xudoynazarov O‘ktamovich Toshloq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Zuhriddin Mirzayev Ummatovich Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Inomjon Marayimov Davlatovich Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Saidaxon Nurmatova Boqiyevna Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avazbek Oxunov O‘rmonovich Quva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yusufjon Komilov Yakubovich Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xorazm viloyati
Shuhrat Hayitboyev Otaxonovich Xiva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Davronbek Qo‘chqorov Ruslanbekovich Xonqa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Tuproqqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jasur Egamov Bobojonovich Urganch tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi