Tadbirkorning qarzdorligini kamaytirish evaziga pul olgan soliqchi ushlandi 

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida tadbirkorning soliq qarzini kamaytirib berish evaziga pul olgan Jizzax shahar soliq inspeksiyasi bosh inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori X. Sh. YATT “T. M.”ning 1,4 mln so‘mlik soliq qarzdorligini go‘yoki 17 mln so‘m qarzdorlik deb ko‘rsatib, agar ushbu qarzdorlikni to‘lamasa tegishli idoralarga ma’lum qilishini aytib, 9 mln so‘m bersa ushbu qarzdorlikni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlar orqali yo‘q qilib berishini va’da qilgani aniqlangan. 

Bosh inspektor aytilgan puldan 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qolgan 7 mln so‘mni Jizzax shahar soliq inspeksiyasi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida hokim yordamchisidan pul olgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi sobiq boshlig‘i fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing