3 yoshli bolani o‘ldirishda gumonlangan shaxsga oid sud qachon boshlanishi aytildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 3 yashar bolani o‘ldirishda gumonlanib, ushlangan S.M.ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 2024 yil 15 noyabr kuni soat 14:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.M. Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, qotillik joriy yilning 9 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan. Qotilga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov esa buni rad etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing