Toshkentda 3 oylik o‘g‘lini sotayotgan ayol qo‘lga olindi
Jamiyat
−
23 Mart 2019 8731 1 daqiqa
Joriy yilning 18 mart kuni 3 oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida Samarqand viloyati Narpay tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan 25 yoshli Sh.O. o‘zining 3 oylik o‘g‘lini O‘rtachirchiq tumanida 8 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr