Chaqalog‘ini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamalmay qoldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 3 oylik farzandini kvartiraga almashtirishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi. Mazkur holat yuzasidan ochilgan jinoiy ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudida ko‘rib chiqildi.

1987 yilda tug‘ilgan, hali turmushga chiqmagan A.I. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi A.I.ning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekanligini, muqaddam sudlanmaganligini, mahalla tomonidan unga nisbatan berilgan ijobiy tavsifnoma va kafillik xatini inobatga olib, uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish imkoniyati mavjud deb hisoblab, unga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llab, ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Shuningdek, unga har oyda bir marotaba Xatirchi tumani IIBdan ro‘yxatdan o‘tib turish, nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik va Navoiy viloyati hududini tark etmaslik kabi qo‘shimcha cheklashlar yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy odam savdosi

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing