3 nafar o‘zbekistonlik kurashchi Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
14 aprel 2023 6691 1 daqiqa
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. 13 aprel kungi dasturdan o‘rin olgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Matbuot xizmati xabar berdi.
-70 kg vazn toifasining finalida gilamga chiqqan Zafarbek Otaxonov qozog‘istonlik Sanjar Dosanovga 0:2, -79 kg toifasining hal qiluvchi bahsida esa Bekzod Abdurahmonov boshqa bir qozog‘istonlik atlet Bolat Sakayevga 4:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, har ikki o‘zbekistonlik sportchi qit’a birinchiligini kumush medal bilan yakunladi.
Chempionatda O‘zbekiston jamoasi hisobiga yozilgan yana bir bronza medaliga Maxsud Veysalov mualliflik qildi. -97 kg vaznda 3-o‘rin uchun bahs olib borgan Veysalov hindistonlik Dipak Dipakdan 12:9 hisobida ustun keldi.
Bugun, 14 aprel kuni musobaqa bahslari o‘z nihoyasiga yetadi. Turnirning so‘nggi kunida erkin kurash bo‘yicha navbatdagi 5 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun dasturida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025