3 nafar qo‘shnisini fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari uch nafar qo‘shnisini fohishalik uchun xorijga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni uch nafar tanishi bilan chegara postida to‘xtatgan. Ayol u bilan birga bo‘lganlar qo‘shnilari ekani, uni kutib olish uchun kelganini aytgan. Biroq sudlanuvchi jabrlanuvchilarning pasportlaridan foydalangan holda elektron aviachiptalar sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, u 2024 yilning aprel oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib, kam ta’minlangan qo‘shnilarining ishonchini qozongan va ularni xorijda fohishalik bilan shug‘ullanib, yaxshigina pul topish mumkinligiga ishontirgan.

Sudda ayol o‘zi ham shu sohaga jalb qilinganini ta’kidlagan. Shuningdek, u kunlik topgan pullari uch nafar voyaga yetmagan bolalarni boqishga yetmagani, jabrlanuvchilarning o‘zlari bu taklifga rozi bo‘lganini aytib, jazosini yengillashtirishni so‘ragan. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 yoshli qizni fohishalik uchun Dubayga pullamoqchi bo‘lgan yigit ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

qo'shni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar