3,5 mlrd yevrolik oltin topib olgan fermer baloga qoldi
Olam
−
24 may
100552Fransiya janubidagi Overn mintaqasida yashovchi 52 yoshli fermer Mishel Dyupon o‘zining yer uchastkasidan 3,5 milliard yevrodan ortiq qiymatga ega bo‘lgan oltin bo‘laklarini topib oldi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, fermer sayr paytida tasodifan ariqda yaltiragan narsani ko‘rib, qazishga kirishgan va taxminan 150 tonna oltin bo‘lagi yotganini aniqlagan.
Ammo mintaqa hokimiyati zudlik bilan jarayonga aralashib, Dyuponning bu topilmadan foydalanish huquqini bekor qilgan. Fermerning aytishicha, bu hodisa uning hayotini butkul o‘zgartirib yuborgan – u endi o‘z yerida qazish ishlari olib borish huquqiga ham ega emas. Fermerga ko‘ra, bu yangilik atrofdagi yerlarni boylik umidida sotib olishga urinishlarni kuchaytirgan.
Fermer yashaydigan qishloq aholisi orasida qarama-qarshi fikrlar mavjud: ba’zilar oltin izlovchilar tinch hayotni buzishidan xavotirda bo‘lsa, boshqalar bu holat mahalliy iqtisodiyot uchun foydali bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, ekolog-aktivistlar mintaqada keng ko‘lamli konchilik ishlari boshlanishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
LiveBarchasi