248 kishini aldagan firibgarlar sud zalida tomosha ko‘rsatdi

3-sahifa

image

248 nafar fuqaroga avtotransport vositalarini kredit hisobiga olib berishni va’da qilib, boplab laqillatgan firibgarlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ular hatto sud zalida ham katta tomosha qo‘ygan. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilshicha, Cobalt, Nexia-3, Jentra, Malibu va Isuzu mashinalari va’da qilingan mijozlar avtomobil o‘rniga katta mojoraga duch kelgan. Firibgarlar boshlang‘ich to‘lovlarni qabul qilib, so‘ngra “quyonning rasmini chizgan”. Mijozlar na pullarini qaytarib olgan, na avtomobil olgan.

Firibgarlar mijozlarga mashinalarni 2 hafta ichida olib berishni va’da qilgan, ammo 2 yillab odamlarni sarson qilgan.

Ular noqonuniy “UzAvtoPremium” MCHJ va “AvtoAloGroup” MT tashkil qilgan. Soxta reklama va e’lonlarga uchgan odamlar o‘z qo‘llari bilan ularga pullarini topshirgan. Boshlang‘ich to‘lov sifatida bank muassassasi orqali olingan jami 12 mlrd so‘m miqdordagi pullar MCHJ ning korporativ kartasi bilan naqdlashtirilgan. 

“Agar men buni fribgarligini bilganimda bu yerda ishlamagan bo‘lardim”, degan MCHJda boshqaruvchi bo‘lib ishlagan sudlanuvchi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 29 yoshli yigit 9 yil 6 oy, 26 yoshli yigit 9 yil va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 243-moddasi, 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 27 yoshli yigit 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

30 yoshli sudlanuvchi qiz esa Jinoyat kodeksinining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b”  bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud firibgarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing