24 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Sport

image

AQSH milliy futbol ligasi (NFL) jamoasi “Dallas Kovboys” himoyachisi Marshon Niland joriy yilning 5 noyabr kuni politsiya ta’qibidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan holda topildi. Bu haqda Texas jamoat xavfsizligi departamenti (DPS)ga tayanib, ABC 7 News nashri xabar berdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 atrofida Dallas shimoliy pullik yo‘lida Niland yo‘l harakati qoidasini buzganidan so‘ng, patrul xodimlari uni to‘xtatishga uringan, biroq 24 yoshli futbolchi to‘xtashdan bosh tortgan va avtomobilni katta tezlikda haydab ketgan. Tez orada avtomobil politsiya nazoratidan chiqib ketgan va ta’qib to‘xtatilgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng Nilandning mashinasi Dallas Parkveyda halokatga uchragan holatda topilgan. Texas DPS ma’lumotiga ko‘ra, u yaqin atrofda o‘zini o‘zini otib, vafot etgan.

“Mijozim va eng yaqin do‘stim Marshon Nilandning vafoti meni larzaga soldi. U “Dallas Kovboys” tarkibida professional darajaga yetish uchun astoydil kurashdi. Uning iste’dodi, ruhi va insoniyligi so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi”, deydi futbolchining agenti Jonatan Perzli.

Ma’lumot uchun, Marshon Niland 2024 yilgi NFL’ning ikkinchi bosqichida “Dallas Kovboys” tarkibiga qo‘shilgan. U joriy mavsumda zaxira himoyachi sifatida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni Serbiyaning “Radnichki 1923” jamoasi bosh murabbiyi, 44 yoshli bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich milliy chempionat doirasidagi “Mladost Luchani”ga qarshi o‘yin davomida yurak xurujidan vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Marshon Niland “Dallas Kovboys” NFL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar