Bosniyalik murabbiy o‘yin vaqtida vafot etdi (video)

Sport

image

Kecha, 3 noyabr kuni Serbiyaning “Radnichki 1923” jamoasi bosh murabbiyi, 44 yoshli bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich milliy chempionat doirasidagi “Mladost Luchani”ga qarshi o‘yin davomida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Sport Bladet” nashri xabar berdi.

Serbiya Superligasining 14-tur “Radnichki 1923” va “Mladost Luchani” uchrashuvining  21-daqiqasida Mladen Jijovich o‘zini yomon his qila boshlagan va zaxira o‘rindig‘i yonida hushini yo‘qotgan. Unga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilgan, tez yordam mashinasi maydonga kirib kelib, murabbiyni shifoxonaga olib ketayotgan paytda Jijovich vafot etgan.

“Chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz, bugun “Mladost Luchani”ga qarshi o‘yinda bosh murabbiyimiz Mladen Jijovich olamdan o‘tdi. U qisqa muddat ichida ham o‘zining bilimi, vazminligi va insoniy fazilatlari bilan jamoamizda chuqur iz qoldirdi. Uning professionalligi va futbolga bo‘lgan ehtirosi bizning xotiramizda abadiy saqlanadi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Jijovich joriy yilning 23 oktyabr kunidan “Radnichki 1923” jamoasini boshqara boshlagan va uning qo‘l ostida jamoa atigi ikki uchrashuv o‘tkazishga ulgurgandi. Ulardan biri g‘alaba va biri esa mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, Mladen Jijovich futbolchi sifatida butun faoliyatini Bolqon yarimorolidagi klublarda o‘tkazgan. U o‘z davrining iste’dodli hujumkor yarim himoyachilaridan biri bo‘lib, “Radnik Biyelina” safida Bosniya ligasi va kubogini qo‘lga kiritgan. 2008 yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazgan. U 2017 yilda professional faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Futbolchi sifatida jami 72 ta gol muallifi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 oktyabr kuni Argentinaning mashhur “Boka Xuniors” futbol klubi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mladen Jijovich “Radnichki 1923” “Mladost Luchani”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar