24 yoshli bokschi jangdan keyin vafot etdi
Sport
−
09 iyun 2022
26340Afrikalik 24 yoshli bokschi Simiso Butelezi kecha, 8 iyun kuni jangdan keyin intrakranial qon ketishi oqibatidan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Janubiy Afrika Boks federatsiyasi ma’lum qilgan.
Joriy yilning 5 iyun kuni Butelezi WBF yo‘nalishi bo‘yicha Afrika chempioni unvoni uchun Sifesixle Mntungvaga qarshi jang qilgan edi. 10-raundda Mntungva nokdaundan o‘rnidan turgach, Butelezi o‘zini yo‘qotdi va havoga zarba berishga urinib, raqibdan uzoqlashdi. Hakam darhol jangni to‘xtatdi. Natijada ustunlikni boy berayotgan bo‘lishiga qaramasdan Mntungva muddatidan oldin g‘oliblikni nishonladi.
Keyinchalik, sportchi tibbiy muassasaga yuborilgan va u yerda koma holatiga tushib qolgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, boshiga berilgan zarba natijasida bokschining miyasida qon trombi paydo bo‘lgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi