23 yashar yigit avtomobilni o‘g‘irlab, YTH sodir etdi va qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Namanganda qarovsiz qoldirilgan avtomobilni olib qochgan o‘g‘ri yo‘l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Ushbu voqea kecha, 7 noyabr kuni sodir bo‘lgan.  Soat taxminan 00:35 da, 23 yoshli fuqaro N.A., mast holatda o‘zining tanishlari 24 yoshli U.K.  va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahalasiga borgan. Ular qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-21013” rusumli avtomashinani olib qochgan. Pungon-Namangan yo‘lining 68 kilometiriga yetganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va  yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda avtomobilni boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringanlar. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267 moddasi 2 qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Xozirda,  jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'g'irlik

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing