23 yashar yigit 36 yashar velosiped haydovchisining umriga zomin bo‘ldi
3-sahifa
−
06 Oktabr 2021
4634Poytaxt Toshkentda avtomobilda tugul velosipedda yurish ham xavfli bo‘lib qoldi. 36 yashar Ravshan 23 yashar Akmalning avtomobilda urib yuborishi natijasida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi
Qayd etilishicha, voqea kecha, 5 oktyabr kuni taxminan soat 21:00 da Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yuz bergan. 23 yoshli fuqaro J.Akmal boshqaruvidagi “Lada” avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib ketayotib, kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.
To‘qnashuv oqibatida velosipedni boshqargan kelayotgan, 36 yoshli S.Ravshan olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 75 yoshli fuqaro halok bo‘lgani hamda “Qamchiq” dovonining 199 km.da to‘rtta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi