22 yoshli qiz IIB xodimini “Jihod” qilishga undadi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Ichki ishlar xodimini jihod qilishga undagan 22 yoshli qiz  sud qilindi.

Yozyovon tumanida yashovchi 22 yoshli K.O. diniy qiziqishi tufayli Telegram tarmog‘ida taqiqlangan aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi kanallarga qo‘shilib qoladi. Yosh qiz ijtimoiy tarmoqdagi “tanishi”ning ko‘rsatmalari asosida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audio va video materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. 

K.O “Mujohid” nomli akkaunt foydalanuvchisidan ichki ishlar xodimiga turmushga chiqib, o‘ziga ergashtirib, u bilan “jihod” qilish topshirig‘ini oladi. U IIB profilaktika inspektorini Yu.O.ni telefon raqamini topib, bir necha kun davomida unga turli diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, jihodga chorlovchi materiallarni jo‘natgan. 

Agarda qizni uni fosh qilsa, inspektorga va uning oilasiga tahdid qilish mazmunidagi materiallarni xam yuborgan. Shuningdek, bu qiz Farg‘ona politexnika instituti talabasi bilan Telegram orqali tanishib, unga diniy mazmundagi materiallarni yuborgan hamda bir qator topshiriqlarni bergan.

Tezkor tadbirlar natijasida mazkur materiallarni yuborgan K.O. aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan unga nisbatan tegishli moddalar bilan 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi tartibida 3 yil sinov muddati belgilandi. 

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning sud-adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, yuborilgan audio, video va boshqa formatdagi materiallar amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga xizmat qilishi, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgani, shu sababli ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish taqiqlanishi ko‘rsatilganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona viloyati IIB Jihod

Baholaganlar

1025

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing