22 yoshli chegarachi o‘zini otib qo‘ydi
Olam
−
18:40 11239 1 daqiqa
Joriy yilning 7 aprel kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Irkeshtam chegara postida 22 yoshli harbiy xizmatchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma asosida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchi boshidan o‘q tekkan holda Nura qishlog‘idagi shifoxonaga olib borilgan. Birinchi tibbiy tez yordam ko‘rsatilgandan so‘ng u zudlik bilan tuman markazi bo‘lgan Gulcha shahridagi shifoxonaga ko‘chirilgan.
Shifokor Doyirbek Qodirov jabrlanuvchining holati haqida ma’lumot bergan. Uning aytishicha, o‘shlik mutaxassislar tomonidan chegarachining bosh miyasida shoshilinch operatsiya o‘tkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q jag‘ sohasiga tegib, ko‘z atrofidagi qon tomirlari yonidan teshib chiqqan. Hozir bemor koma holatida bo‘lib, sun’iy nafas berish jihoziga ulangan. Ahvoli esa juda og‘ir deb baholangan.
Hozirda voqea bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, harbiy prokuratura voqea sababini aniqlash uchun tekshiruv olib bormoqda. Davlat chegara xizmati harbiy xizmatchi I.A. AK-74 avtomatidan o‘q uzganini ma’lum qilgan. Ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi 21742-sonli harbiy qismning texnik hududi qorovuli otgan o‘q tasodifan boshlig‘iga tegib, uni o‘ldirib qo‘ygandi.
Live
Barchasi