22 kishi lavashdan zaharlandi
Olam
−
29 iyul 2019
8562Yoqutistonning (Rossiya) Churapchin tumanida shaurma (lavash)dan ommaviy zaharlanish yuz berdi. Bu haqda “Rospotrebnadzor”ning hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.
22 kishi zaharlanishdan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Shundan 8 nafari bolalar. Murojaat qilganlarning 20 nafari statsionarda davolanadigan bo‘lgan. Shifoxonaga kelganlarda ovqatdan o‘tkir zaharlanish aniqlangan. Ularning bari tumandagi "Shaurma"ovqatlanish shoxobchasiga borgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, kafeda o‘tkazilgan sanitar-epidemiologik tekshiruvda qoidabuzarliklar aniqlangan. Mutaxassislarda xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, taom tayyorlash uchun ruxsat berish, ovqatni saqlash sharoiti va binoning sanitar holati talab darajasida emasligi masalasida savollar tug‘ilgan.
Mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlaridan va ob’ektdan atrofga chiqayotgan chiqindilardan namuna olgan. Holat yuzasidan ma’muriy ish ochilgan, kafe ishi to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-7 iyun kunlari Toshkentda “Oq-tepa lavash” tarmoq oshxonasida ovqatlangan 49 kishi zaharlangandi.
Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi