21 yoshli qiz Lasetti’ni “ugon” qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 may kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 21 yoshli qiz Lasetti rusumli avtomobilni olib qochdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 may kuni J.A. ismli fuqaro 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tanishi 33 yoshli A.A.ga tegishli Lasetti rusumli avtomobil olib qochilganini aytgan.

Xabarga ko‘ra, J.A. ismli fuqaro Oqqo‘rg‘on tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Avto sug‘urta” binosiga Lasetti rusumli avtomobilida Sevara ismli qiz bilan kelib, sug‘urta polisini yangilash maqsadida avtomobilini qarovsiz, eshiklari ochiq holatda “Sevara”ga tashlab, binoga kirib ketgan. Qaytib chiqqanida esa avtomobil joyida yo‘q bo‘lib, noma’lum shaxs olib qochganidan xabar topgan.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.S. ismli fuqaro sodir etgani aniqlanib, avtomobilni tumanning Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

431

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing