21 yoshli qiz buvisining uyidan pul va tilla taqinchoqlar o‘g‘irladi
3-sahifa
−
06 noyabr 2020
7916Toshkent shahrida 21 yoshli qiz buvisining xonasida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 64 yoshli S.T. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, uning xonasidan pul va tilla taqinchoqlar yo‘qolganligi haqida xabar bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bu ishni ayolning 21 yoshli nabirasi A.A. sodir etib, buvisining xonasilan 10.000.000 so‘m pul va 4.000.000 so‘m bahosidagi taqinchoqlarni o‘g‘irlab olib chiqib ketgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi