21 tup qayrag‘ochni kesganlar 2 yilga qamaldi
3-sahifa
−
29 iyul 2024 3486 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, M.A. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023 yilning dekabr va 2024 yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborgan.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.
“Sud qarori bilan daraxt kushandalaridan tabiatga yetkazilgan zarar undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qurilish firmasi 31 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr