2046 yilgacha Rossiya aholisining keskin kamayishi prognoz qilindi
Olam
−
21 Oktabr 2023
91622023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya aholisi 146,45 mln kishini tashkil etgan. Ma’lum qilinishicha, 2046 yil 1 yanvariga qadar mamlakat aholisi 138,77 mlnga kamayib ketadi. Bu haqda Rosstatning prognozida ma’lum qilingan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishning ko‘payishi hisobiga aholining yillik tabiiy kamayishi 2045 yilga kelib deyarli bir yarim baravarga - 402 mingga oshadi. Rosstat demografik prognoz Rossiyaning yangi hududlarida yashovchi aholini hisobga olmagan holda tuzilganini qo‘shimcha qilgan.
"Bundan tashqari, migratsiya o‘sishi 2023 yildagi 233 ming kishidan, 2045 yilga kelib 221,8 mingga kamayadi. Aholining umumiy yillik qisqarishi ikki baravardan ko‘proq – 2023 yildagi 367,7 ming kishidan 2045 yilda 180, 6 minggacha qisqaradi", deyiladi prognozda.
Shuningdek, yuqoridagi vaqt oralig‘ida mamlakat ayollarining ulushi erkaklarnikidan yuqori bo‘ladi. Biroq ayollarning erkaklarga nisbatan tafovuti asta-sekin pasayib boradi.
2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, har 1 ming erkakka 1151 nafar ayol (68,1 million erkak va 78,35 million ayol), 2045 yilda esa 1 ming erkakka 1138 nafar ayol (64,91 million erkak va 73,86 million ayol) to‘g‘ri keladi.
LiveBarchasi