2034 yilga borib odamlar haftada faqat ikki kun ishlashi aytildi
Bu qiziq
−
01 noyabr 7052 1 daqiqa
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2034 yilga borib odamlar haftada atigi ikki kun ishlashini taxmin qildi. Bu haqda “as.com” xabar berdi.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik kasblar neyron tarmoqlar tomonidan boshqariladi va odamlar o‘shanda to‘liq ish vaqtiga muhtoj bo‘lmaydi.
Bill Geytsning fikricha, sun’iy intellekt ko‘plab global muammolarni, jumladan, tibbiyot xodimlari va ruhiy salomatlik bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligini hal qila oladi. Bu muqarrar ravishda mehnat bozorini o‘zgartiradi.
Uning aytishicha, jarayonlarni avtomatlashtirish insoniyatga shaxsiy hayot va ijod uchun ko‘proq vaqt taqdim qiladi. Shuningdek, u sun’iy intellektni joriy qiluvchi kompaniyalar xodimlariga endi ofisga muntazam tashrif buyurishlari shart bo‘lmasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi asoschisi va milliarder Bill Geyts o‘z shaxsiy boyligining deyarli barchasini kelgusi 20 yil ichida xayr-ehsonga sarflamoqchiligini aytgandi.
Live
Barchasi