2029 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bekor qilinishi mumkin
Sport
−
03 avgust 2623 1 daqiqa
2029 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining o‘tkazilishi xavf ostida qolmoqda. Bu haqda “Daily Express” nashrining xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIFA va Yevropaning yetakchi klublari o‘rtasida turnirda ishtirok etish masalasida hozircha kelishuvga erishilmagani sababli musobaqa o‘tkazilmasligi mumkin.
Shuningdek, turnir mezboni hali rasman aniqlanmagan. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Germaniya, Meksika va Angliya musobaqani qabul qilish istagini bildirgan. Biroq hozircha Qatar va AQSH asosiy nomzodlar sifatida qaralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi so‘nggi Jahon chempionati 2025 yil 14 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tgan edi. Unda 32 ta jamoa ishtirok etdi. Finalda Angliyaning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Parij Sen-Jermen” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi