2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlariga Saudiya mezbonlik qiladi

Sport

image

Saudiya Arabistoni 2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Kambodjada bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasi yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilingan.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqa "Neom" loyihasi doirasida qurilishi rejalashtirilgan tog‘ kurortida o‘tkaziladi.

"Neom" Saudiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyihadir. Uning qiymati 500 milliard dollarni tashkil qiladi. Loyiha saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, kurortda ochiq chang‘i yo‘laklari, chuchuk suvli sun’iy ko‘l va qo‘riqxona bo‘ladi.

"Neom" Qizil dengiz sohilidagi 26 500 kvadrat kilometrli hududni egallagan yuqori texnologiyali kompleks loyiha hisoblanadi. Bu loyiha karbonatsiz “The Line” shahrini, shuningdek, sanoat va logistika zonalarini o‘z ichiga oladi.

“The Economist” jurnalining 2022 yildagi hisobotlariga tayaniladigan bo‘lsa, hozirgacha “Neom” loyihasi doirasida ikkita bino qurilgan. 26 500 kvadrat kilometrlik hududning katta qismi hamon cho‘lligicha qolmoqda.

Ma’lumot uchun, qishki Osiyo o‘yinlarida 30 dan ortiq davlat ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar ilk marta 1986 yilda o‘tkazilgan. Oxirgi qishki Osiyo o‘yinlariga  2017 yilda Yaponiya mezbonlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing