2026 yilning eng yaxşi arxitektura loyihalari e’lon qilindi (foto)

Bu qiziq

−

visibility1326 timer2 daqiqa

image

Joriy yilning 23 noyabr kuni Floridada Butunjahon arxitektura festivali (BAF) bölib ötdi. Unda “Yil inşooti” unvoniga Hindistonning Indor şahridagi Prestij universitetining yangi öquv korpusi sazovor böldi. Bu haqda “ArchDaily” xabar berdi.

Qayd etilişiça, universitet 13 gektar maydonni egallagan kampus hududida joylaşgan. Bino içida oliygoh ma’muriyati, majlislar va konferensiya zallari, kutubxona hamda kafeteriy mavjud. 

Prestij universitetи

Prestij universitetи

Loyihaning asosiy öziga xosligi – 463 ta zinapoyali platformalardan taşkil topgan, 9 000 örinli ulkan oçiq amfiteatr şaklidagi tomi. Me’morlar qadimgi hind zinapoyali quduqlaridan ilhomlangan: ming yildan ortiq vaqt davomida bunday inşootlar nafaqat suv saqlaş, balki uçraşuv va muloqot maskani sifatida ham xizmat qilib kelgan.

Prestij universitetи

Prestij universitetи

Içki hovlilar binoni mayin tarqalgan kunduzgi yoruğlik bilan töldiradi, puxta öylangan rejalaştiriş esa tabiiy şamollatişni ta’minlaydi. Buning natijasida konditsionerlarni ança kamroq yoqişga töğri keladi. Bu yilning katta qismida 30 dan 40 darajagaça issiq harorat saqlanib turadigan mintaqa uçun muhim afzallikdir.

&Matcha Three Yards

&Matcha Three Yards

“Yil intereri” yönalişida MLA at Home studiyasi tomonidan yaratilgan Filippinning &Matcha Three Yards çoy dökoni ğolib bölgan. Hakamlar hay’ati yoruğlikning mölligi va kiçik maydondan oqilona foydalanilganini yuqori baholagan.

Coding Kelp 0150

Coding Kelp 0150

Coding Kelp 0150

Coding Kelp 0150

“Kelajak loyihasi” sifatida Terreform ONE tomonidan yaratilgan Coding Kelp 0150 bir vaqtning özida ma’lumotlar arxivi vazifasini ham bajaradigan, kalsiy karbonatdan 3D-printerda çop etilgan sun’iy rif e’tirof etilgan. Mualliflarning ğoyasiga köra, matn va tasvirlarni töğridan töğri modifikatsiyalangan suvötlarning genetik kodiga yoziş mumkin böladi.

Doca Linear Park

Doca Linear Park

“Yil landşafti” nominatsiyasida Braziliyadagi Doca Linear Park loyihasi eng yaxşi deb topilgan. Me’morlar sun’iy şahar kanalini jamoat boği va suvni boşqariş tizimiga aylantirib, hududni muntazam suv toşqinlaridan xalos etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning “Ala-Arça” milliy boğida dunyodagi eng uzun osma şişa köprikni quriş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar