2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi
Jamiyat
−
26 dekabr 2025 1257 1 daqiqa
2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
“Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir so‘z bilan aytganda, farovon yashashga intiladi”, dedi ShavkatMirziyoyev.
Prezidentga ko‘ra, bu jarayonda tadbirkorlar hal qiluvchi kuch sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis ob’ektlarini tashkil qilib, doimiy ish o‘rni yaratishda, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘rgatib, mahallalarning o‘zida ishli va daromadli qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025