2025 yilning boshida hokim qarorlarining nechtasi haqiqiy emas deb topildi?

3-sahifa

image
Ma’muriy sudlar 13 ta advokatlik litsenziyasini tugatishga qaror chiqardi north_east

Ma’muriy sudlar 13 ta advokatlik litsenziyasini tugatishga qaror chiqardi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonda ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 4180 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 1877 ta ish ko‘rib chiqildi. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 515 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 178 ta arizasi qanoatlantirilgan.

Shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 768 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 105 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 312 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 50 ta qaror bekor qilinib, 5 ta qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 357 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 21 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 524 ta shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 59 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 38 tasi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024 yilda 2581 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2945 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ma'muriy sud Kassatsiya hokim qarorlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing