2025 yilda Rossiyada SIM-karta berishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi

Olam

image

2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya Federatsiyasida SIM-kartalarni chiqarishning yangi qoidalari joriy etiladi. Bu haqda mamlakatning Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yildan boshlab Rossiyada bitta abonentga beriladigan SIM-kartalarning soniga cheklovlar joriy etiladi. Rossiya fuqarolari 20 tadan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga esa 10 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishga ruxsat etiladi.

Rossiyaliklar uchun yangi qoidalar 2025 yil 1 apreldan, chet elliklar uchun 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, aloqa operatorlari xizmatlar ko‘rsatishdan oldin, shu qatorda Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi (USIA) va Yagona biometrik tizimdan (UBS) foydalangan holda abonentlar haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 yanvardan boshlab korporativ SIM-kartalar faqat mehnat shartnomasi yoki fuqarolik shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xodimlarga berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda telefon raqamlarini faqatgina hukumat portali orqali berish tizimini joriy etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatning Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmika sanoati vazirining o‘rinbosari Asxat Orazbekning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora telefon firibgarligiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi. Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi yaqin orada tegishli qonunchilik tashabbusini taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya SIM-karta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing