2024 yil uchun kuchli rejamiz bor, u natija beradi – Ukraina Mudofaa vaziri

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari 2024 yil uchun kuchli urush rejasiga ega va u o‘z natijasini beradi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov  Kiyevda bo‘lib o‘tgan “Ukraina. 2024 yil" forumida ma’lum qildi.

“Hamma bizning natijalarimiz harakatlarimizga nisbatan yaxshiroq ekanini aytadi. Biz g‘alaba uchun mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan hamma narsani qilyapmiz. 2024 yil uchun ham rejamiz mavjud. Lekin bu haqda ochiq gapirolmaymiz. U nafaqat umid beradi, balki 2024 yilda o‘z natijasini ko‘rsatadi”, deydi Umarov.

Shuningdek, vazirlik istehkomlarni yaratish bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilib, bir necha ming tayanch nuqtalari va o‘q otish joylari qayta jihozlanganini ma’lum qilgan. 

Umarov esa G‘arb ittifoqchilari tomonidan Kiyevga ajratilgan harbiy yordam va qurollarning yarmi kechikishlar bilan yetkazib berilayotganidan shikoyat qildi.

"Agar Ukrainaga ajratilgan narsa o‘z vaqtida yetib kelmasa, biz shaxsiy tarkib va hududimizni yo‘qotamiz", deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G‘arb davlatlari Ukrainaga jo‘natishi mumkin bo‘lgan o‘z o‘q-dorilari yo‘qligi sababli ularni uchinchi davlatlardan qidirayotganini aytgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Mudofaa vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing