2023 yilning asosiy rangi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2023 yilning asosiy rangini e’lon qildi. Bu haqdagi ma’lumot kompaniya saytiga joylashtirilgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, yil rangi sifatida Pantone 18-1750 Viva Magenta – binafsha tusli to‘q qizil malina rang tanlangan. Kompaniya xodimlari “karmin” nomli tabiiy bo‘yoqdan ilhomlangan yangi tusni ishlab chiqdilar. Ta’kidlanishicha, uni urg‘ochi qo‘ng‘izlar ishlab chiqaradi. 

“Viva Magenta bizning ichki kuchimizni mustahkamlashga va yuqori texnologiyali dunyoda tabiat bilan qayta bog‘lanishimizga yordam beradi”, deydi Pantone ranglar instituti ijrochi direktori Litris Eysman.

Biroq ijrochi direktor bu rang isyonning ramzi ekanligini ta’kidlagan. 

“Jasur, aqlli va inklyuziv Pantone 18-1750 Viva Magenta barchani bir xil isyonkor ruh bilan kutib oladi”, deb qo‘shimcha qildi Eysman.

Ma’lumot o‘rnida, Pantone 2000 yildan beri asosiy rangni tanlaydi. XX asrning o‘rtalarida kompaniya raqamli displeydan foydalanadigan standartlashtirilgan ranglarni moslashtirish tizimini ishlab chiqqan. Shunga ko‘ra, o‘ziga xos raqamlar va nomlar bilan ataladi. Rang namunalari muntazam ravishda maxsus kataloglarda chiqariladi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing