2023 yilgi “Oltin to‘p”ni yutishga asosiy nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi hozircha 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda Angliyaning “Goal” nashri yozmoqda.

Kuchli uchlikka Messining klubdagi jamoadoshlari Neymar Junior va Kilian Mbappe yakun yasab bergan. Neymar ikkinchi raqamli nomzod sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Mbappe uchinchi o‘rinni egallagan.

2022 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzemaga esa sakkizinchi pog‘ona nasib qilgan. Sababi Benzema joriy mavsumda bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

“Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu esa “Oltin to‘p”ga nomzod 20 ta futbolchining orasida joy olmagan.

Qayd etish kerakki, joriy yilning 20 noyabrida 18 dekabrigacha Qatar yashil maydonlarida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mundialda qaharamonlik ko‘rsatgan futbolchi “Oltin to‘p”ni yutishga asosiy nomzodga aylanadi.

“Goal” talqiniga ko‘ra, 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga nomzod 20 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Lionel Messi (“Pari Sen-Jermen”);
2. Neymar (“Pari Sen-Jermen”); 
3. Kilian Mbappe (“Pari Sen-Jermen”);
4. Erling Xoland (“Manchester Siti”);
5. Robert Levandovski (“Barselona”);
6. Vinisius Junior (“Real Madrid”); 
7. Kevin De Bryoyne (“Manchester Siti”); 
8. Karim Benzema (“Real Madrid”); 
9. Muhammad Saloh (“Liverpul”); 
10. Fil Foden (“Manchester Siti”);
11. Garri Keyn (“Tottenxem Xotspur”); 
12. Jamal Musiala (“Bavariya”); 
13. Gabriel Jezus (“Arsenal”); 
14. Sadio Mane (“Bavariya”);
15. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”); 
16. Leroy Sane (“Bavariya”);
17. Rafael Leau (“Milan”); 
18. Kodi Gakpo (PSV); 
19. Federiko Valverde (“Real Madrid”);
20. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”).


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe Neymar Karim Benzema Erling Xoland Muhammad Saloh Robert Levandovski Kevin De Bryoyne

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing